Get Mystery Box with random crypto!

Sochlaring Taqillatma eshigim Endi seni ko'rgim yo'q. 'Uzun-u | Tahlil, tanqid, isloh, targ'ib.

Sochlaring
Taqillatma eshigim
Endi seni ko'rgim yo'q.
"Uzun-uzun" sochlaring
Mayda-mayda o'rgim yo'q.
Osmon kular ustimdan,
Yosh oqadi tinmasdan.
Yashab yuruvdim-ku,tinch
Sen dildorni sevmasdan.
Alqab sochlaringni yor
Daryo deya atardim!
Ko'priklardan sochlaring
Silab-silab qaytardim.
Betinim izillatib,
Yuragimni bo'zlama.
Sochlaringni ol , qaytar
Sochlarimni ko'zlama.
Yovuz qotil qo'llar deb
Dilginamni ezding yor.
Uzun-uzun sochlaring
Bugun nega kesding yor?
Ko'mib kelgan joyingdan
Sochlaring uvvos aytar.
Sochlaringni sevganman
Sochlaringni ol, qaytar.

Mahvash Shoniy

P.S.: matn tuzatishlarsiz, o'z holicha ko'chirildi.

@MuhammadKhodja