Get Mystery Box with random crypto!

Tarixi Muhammadiy (s.a.v) Xadicha (r.a) uylanishlari Xadicha | Muhammadiy | Blog

Tarixi Muhammadiy (s.a.v)

Xadicha (r.a) uylanishlari

Xadicha (r.a) amakilari Varaqa ibn Navfal orqali Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning kelish vaqtlari yaqinlashganini va Quraysh qabilasi orasidan chiqishlari xaqida gaplarini eshitib, "Agar bu ulug' arablar ichida birovga nasib bo'lsa, albatta, Muhammad (s.a.v) dan boshqaga bo'lmasa kerak. Chunki undan har bir yaxshilikning belgilari bordur. O'shandoq zotning xizmatiga loyiq bo'lsam, nikohlariga kirsam, men uchun qandoq ulug' baxt-davlat bo'lur edi", deb hamisha orzu qilar edilar.

Xadicha (r.a) arab ayollari ichida aqillik, ziyrak, chechanliklari ziyoda bo'lgan. Quraysh qabilasi ichida hasab - nasablik, Husni jamolda chiroylik, qarindosh - urug'lari oldida obro'lik, boy ayol bo'lib, oldingi erlari o'lgan edi.

Ayollar tarafidan er izlab, sovchi qo'yish rasmi odatdan tashqari ish bo'lsa ham onamiz Xadicha (r.a) Nafisa degan ayolni Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ni oldilariga jo'natib asl maqsadlarini bildirganlar.

Paygambarimiz Muhammad (s.a.v)
(25 yoshlarida) Xadicha (r.a) (40 yosh) bo'lganlarida uylangalar.
Maxr 20 ta tuya bo'lgan.

Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) dunyoda ko'z ochib ko'rgan vafodor yorlari, har ikki jahonlik muborak juftlari onamiz Hazrati Xadichadurlar.

Onamiz Xadicha (r.a) butun mol - dunyolarini, balki tamom umrlarini
Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning rizoliklarida sarf qilganlar.

Opa - singillarimizni Xadicha (r.a) ga o'xshashlarini, ularning hayotlarini o'rganishlarini juda ham xoxlayman.
Sevgi, Muhabbat, Vafo va Sadoqatning
hamma - hammasi Xadicha (r.a) o'zida mujassamdir.

@muhammadiy_blog