Get Mystery Box with random crypto!

Saboq Bir ustoz 10 ta shogirtiga qarab, Men sizlarni Dubay sh | Muhammadiy | Blog

Saboq

Bir ustoz 10 ta shogirtiga qarab,
Men sizlarni Dubay shaxriga olib bormoqchiman, biletni o'z xisobimdan olib beraman debdi. Shogirtlar hammalari xursand bo'lib, qo'llariga telefonlarini olib, do'stlariga xabar berish maqsadida instagram sahifalarini ochib, maqtanmoqchi bo'lishibdi. Buni ko'rgan ustozi ularga saboq berish va hayotiy falsafani o'rgatish maqsadida shogirtlariga qarab, bir daqiqa shoshmay turinglar, gapimni oxirigacha tinglanglar. Agar Dubayga bormoqchi bo'lsanglar menga bir narsani va'da berishingiz kerak, shogirtlari bir varakayiga: biz hamma narsaga tayyormiz deyishibdi. Ustozi unday bo'lsa, U yerda xech qanday rasmga tushmaysizlar va Ijtimoiy tarmoqqa joylamaysizlar, agar rozi bo'lsangiz Yakshanba kuni yo'lga tushamiz deya gapimini tugatibdi. Shogirtlari bir biriga qarab, nima deyishlarini bilmay: Agar biz u yerda rasmga tusho olmaydigan bo'lsak, u yerga bormaymiz degan javobni aytishibdi.
Bunga javobaman ustozi faqat bir marotaba qaytayotganda hamma birgalikda rasmga tushishga ruhsat beribdi. Sayoxat juda ajoyib va qiziqarli bo'lganidan 1 hafta qanday o'tgani ham bilmay qolishibdi. Ijtimoiy tarmoqlarni xech kim xayoliga ham, xattoki oxirida hammalari birga rasmga tushishni ham esdan chiqarib uylariga qaytishibdi. Bu sayoxat umrlari bo'yi xotiralarida muhirlanib qolibdi.

Xulosa o'zimizdan Azizlar.

@muhammadiy_blog