Get Mystery Box with random crypto!

Niyat Men har doim yaxshi niyat qilishga xarakat qilaman. Yax | Muhammadiy | Blog

Niyat

Men har doim yaxshi niyat qilishga xarakat qilaman. Yaxshi niyat yarim mol deyishgan maqolni o'zimga ko'p takrorlayman.

Yaxshi niyat bilan qilingan xar qanday ishga Alloh ko'makchi bo'ladi.

Kelajak uchun rejalar tuzayotganingizda Ummat uchun foydali bo'lgan narsalarni niyyat qiling. Pul topish uchun xar qanday ish qilish emas, Insonlarni xayotini yengillashtirish va ularga yordam beradigan kasb - kamolatni niyat qiling.

Ba'zi bir niyat qilgan ishlaringiz amalga oshmay qolishi ham mumkin. Ko'nglingizni tushurmang, Axir niyatingiz uchun ham Savob yoziladigan bu Islom dinida tug'ilganingizni o'ylang, Taskin topasiz. Zero sizniki bo'lmagan narsani, Alloh sizga hayol qildirmas
.

@muhammadiy_blog