Get Mystery Box with random crypto!

#Tavsiya Paulo Koelo Alkimyogar Insonning Yerdagi umri m | Muhammadiy | Blog

#Tavsiya

Paulo Koelo
Alkimyogar


Insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat?
O'z Taqdiri yo'lidan borib, ko'ngliga tukkan orzu-umidlarini amalga oshirishi uchun insonga eng zarur narsa nima?..

“Alkimyogar” romani mana shunday ko'lamli, mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida.

Asar muallifi— xozirgi zamonning mashhur yozuvchisi braziliyalik Paulo Koelo.

“Alkimyogar” Richard Baxning “Oqcharloq Jonatan” yoki “Sharpalar” asarlariga o'xshamaydi. Ekzyuperining “Kichik Shahzoda”siga ham o'xshash tomonlari juda kam. Biroq negadir “Alkimyogar”ni o‘qiganda beixtiyor o‘sha rivoyat-qissalar yodga tushadi. Zotan, bu asar aynan hozirgi kungi zamon kitobxonlari uchun yozilgan va “Alkimyogar”ning turli davlatlar arboblari-yu, mashhur sanʼatkorlar hamda bir yuz oʻn yetti mamlakatdagi millionlab adabiyot muxlislari tomonidan sevib o'qilishi shundan dalolatdir.

“Bizning sayyoramizda bir buyuk haqiqat barqaror: agar siz chindan nimanidir orzu qilsangiz, unga albatta erishasiz.

Zotan, bu orzu Olam Qalibda ham tug'iladi va ayni shuning o'zi sizning Yerda mavjudligingiz tasdig'i, sizning taqdiringizdir”, deb yozadi Paulo Koelo
.

@muhammadiy_blog