Get Mystery Box with random crypto!

Agar kambag‘al odamdan: ''Nega farovon yashashni uddalay olmay | Muhammadali Eshonqulov

Agar kambag‘al odamdan: ''Nega farovon yashashni uddalay olmayapsan?'', - deb so‘rasangiz, savolingizga yaxshigina javob topib beradi. Har bir kambag‘alning o‘zini oqlash uchun bahonasi bor.

Kimdir ''Taqdirim shu ekan. Omadim kelmayapti'', - deydi. Yana kimdir davlatni yoki boshqalarni aybdor qiladi. Uchinchisi esa boy bo‘lish istagi yo‘qligini aytadi. Kimdir ota-onasiga aybni yuklaydi, menga yaxshi ta'lim bera olishmagan deydi.

Men o‘zim esa bir paytlar ta'lim tizimini ayblaganman. Chunki u yerda biznesmenlarni emas xodimlarni tayyorlashadi. Men uchun bu asosli bahona bo‘lib tuyulgan. Ammo yaxshi hayot uchun o‘zgacha ta'lim kerak ekan va bu bepul emas. Unga to‘lash kerak. Yoki vaqtingiz, mehnatingiz bilan yoki pulingiz bilan. To‘lashni istamagan inson esa unday hayotga loyiq emas!

Ha odamlar harakat qilmayman desa, bunga istagancha bahona topish mumkin. Yana inson tabiati shundayki, u boshiga yog‘ilgan balolarda hamisha boshqalarni ayblaydi, zinhor o‘zini emas.

Xo‘sh, odamlarning kambag‘al yashashiga kim aybdor? Agar kimdir boyib ketmayotgan ekan, bunga birinchi navbatda mamlakat, ta'lim tizimi yoki ota-onalari emas avvalo o‘zining tafakkuridagi tartibsizliklar sababdir!


https://t.me/+M5ciywQAZiU0N2Ux