Get Mystery Box with random crypto!

3.5 millard so‘mlik davlat xaridida bir kishiga tegishli ikkit | Муҳаммадали Муяссаров | БЛОГ✍

3.5 millard so‘mlik davlat xaridida bir kishiga tegishli ikkita MCHJ “raqobatlashgan”

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida Yozyovon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida ichki xo‘jalik yo‘llarida amalga oshiriladigan joriy taʼmirlash ishlari uchun olinadigan TIB-B M-1 markali asfalt sotib olish maqsadida 2023-yil 10-aprel kuni o‘tkazilgan 3 mlrd 494 mln so‘mlik davlat xaridida bir qator qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Yaʼni, davlat xaridida ishtirok etgan bitta manzilda faoliyat yurituvchi 2 ta MCHJning rahbari va taʼsischisi bir kishi ekanligi yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, mavjud affillanganlik holatlariga baho berilmagan va nohalol raqobatni keltirib chiqarganligi o‘rganilmagan hamda holat bo‘yicha tanlovni o‘tkazishni vaqtinchalik bekor qilish choralari ko‘rilmagan.

Batafsil

@Durdona_Ochilova