Get Mystery Box with random crypto!

'Bavariya' futbolchilari an'anaviy liboslarida va qo'llarida p | Muhammadali

"Bavariya" futbolchilari an'anaviy liboslarida va qo'llarida pivo bilan suratga tushishdi - bu kadrlar klubning ijtimoiy tarmoqlarida paydo bo'ldi.

Bunday suratlar har yili olinadi va bu safar muxlislar Sadio Manega e'tibor qaratishdi. Myunxenning yangi yulduzi pivosiz quyi qatorda o'tiradi.

Izoh oddiy: Mane musulmon, islomda spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Yana bir yangi kelgan himoyachi Nusayr Mazrauiga e'tibor bering (tepadan ikkinchi qator, chapdan ikkinchi) - u ham musulmon.


Shunga o'xshash holatlar "Bavariya"da avval ham bo'lgan. Masalan, 2006-yilda islomni qabul qilgan Frank Riberi ham qo‘lida stakansiz suratga tushgan.

(Lekin Riberi bilan g'alati holatlar ham bo'lgan. 3-rasm)

“Bavariya” o'z press-relizida futbolchilarning stakanidagi pivo alkogolsiz ekanligini ta'kidlaydi.

Sports.ru

Muhammadali