Get Mystery Box with random crypto!

17 yoshli o'quvchi TOP-300 talikka kiradigan 11 ta xorijiy uni | Мухаммадали Эшонқулов | Расмий канал Muhammadali Eshonqulov Муҳаммадали Эшонкулов

17 yoshli o'quvchi TOP-300 talikka kiradigan 11 ta xorijiy universitetga o'qishga qabul qilindi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Maqsadbek Fayzullayev 17 yoshda. U TOP-300 talikka kiradigan 11ta xorijiy universitetga o‘qish qabul qilinib, umumiy hisobda 312 ming dollar grant yutgan. Maqsadbek kiberfutbolning ilk o‘zbekcha variantini yaratish loyihasi muallifi hamdir.

Maqsadbekka o‘qishi uchun grant berishga tayyorligini bildirgan oliygohlar: AQShning Arizona, Ayova, Buffalo va Sent Edvard universitetlari, Illonoys kolleji; Britaniyaning Manchester, Liverpul, Birminghem, Durham va Lids universitetlari; Ispaniyadagi Barselona xalqaro universiteti.

Uning intervyusini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. Mana shunday yutuqlarga erishayotgan yoshlarimizni ko'rsam, o'zim shu yutuqqa erishgandek xursand bo'laman. 17 yoshida shuncha natija. Albatta, bu boshlanishi bo'lsin. Maqsadbekning o'qish va ishlarida omad!

Siz ham mana shunday ajoyib yutuqlarga erishayotgan yoshlarni bilasizmi? Yoki o'zingiz erishgandirsiz? Izohlarda yozing.

Muhammadali Eshonqulov | Rasmiy