Get Mystery Box with random crypto!

'Osmondagi bolalar' loyihasi YouTube ijtimoiy tarmog'i tomonid | Muhammadali Eshonqulov

"Osmondagi bolalar" loyihasi YouTube ijtimoiy tarmog'i tomonidan taqdirlandi!

Xabaringiz bor,
kechagina YouTube sahifamizning obunachilari soni 150k bo'lganini e'lon qilgan edik. Bugun esa, qo'shaloq g'alabamizni sizlar bilan baham ko'rmoqchimiz.

"Osmondagi bolalar" loyihasining YouTube sahifasi obunachilari soni 100k dan oshganligi munosabati bilan rasmiy YouTube ijtimoiy tarmog'i tomonidan "Kumush tugma (Silver button)" bilan taqdirlandi.

Loyihaning muvaffaqiyati va barcha yutuqlariga erishishda sizlarning ham hissangiz juda katta. Buning uchun barcha bizni kuzatib boruvchi, oilamizdek bo'lib qolgan obunachilarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Bizni kuzatishda davom eting, zero oldimizdagi maqsad kelajagimiz bo'lgan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va o'z maqsadlari sari olg'a qadam tashlashlariga undashdir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
YouTube | Instagram | Telegram | Facebook | TikTok