Get Mystery Box with random crypto!

Aziz yurtdoshlarimiz uchun ajoyib xushxabar! Yuksalish makt | Muhammad Ali | Rasmiy Blog

Aziz yurtdoshlarimiz uchun ajoyib xushxabar!

Yuksalish maktablari jamoasi 2024–2025-o‘quv yilida qadrli ota-onalar uchun o‘ziga xos yangilik tayyorladi: ilk bor Yuksalish gimnaziyasi ochilish arafasida!

Toshkent–Ohangaron avtomagistralida joylashgan gimnaziyamiz bir vaqtning o‘zida 400 ga yaqin o‘quvchini yotoqxona bilan taʼminlanish hamda ularga taʼlim berish imkoniyatiga ega.

Toshkent shahridan uzoq bo‘lmagan manzilda joylashgan aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillari chuqurlashtirib o'qitiladigan ushbu maktabimiz orqali ota-onalarga noqulaylik tug‘dirayotgan masofa muammosi (uzoq yo‘ldan kelish, tirbandlikda qolish)ga yechim berishga harakat qilamiz!

Farzandining Yuksalish maktabida taʼlim-tarbiya olishini istagan ota-onalarimizni gimnaziya sifatida ochilayotgan filialimizda kutib qolamiz!

YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!

+998951010600
@yuksalish_maktab_admin
@yuksalishmaktabi_news

Telegram |  Instagram
YouTube