Get Mystery Box with random crypto!

Ta'ziya Bugun Baxmalimizning eng mo'ysafid insoni, onajonimni | Muhammad Ali | Rasmiy Blog

Ta'ziya

Bugun Baxmalimizning eng mo'ysafid insoni, onajonimning qiblagohlari - hoji otamiz omonatlarini HAQQa topshirib, chin do'stga qovushdilar.

100 bilan yuzlashib, bir asr davomida yaxshi farzandlar tarbiya qildilar.
Esimda har juma bir kg novvot va non olib, bizni ko'rgani kelardilar.
Mehr-oqibatni otamizdan o'rgandik.

Urushdan keyin, qiyinchilik davrda o'quvchi bolachalarni ko'tarib, qalin qorlar-u loylardan kechib, maktabga olib borganlar.
Ilmga harislikni otamizdan o'rgandik.

Talabalik paytlarimiz qo'yarda-qo'ymay, "Bizniki tabarruk, non olib yeysiz" deb pul berardilar.
Ehsonni otamizdan o'rgandik.

Nuroniyligi biram yarashgan otamiz bilan diydor endi qiyomatga qoldi...

Bugun rahmatli onajonim tavallud topgan kun edi.
Otamiz bilan birga, onajonimiz haqlariga ham duoi xayr qilishingizdan umidvormiz.

ALLOHU Ta'olo ularni rahmatiga olib, hisob-kitobsiz jannatiga kirgazsin.

Janoza 6-iyun kuni, 11:00 da Baxmal tumani, Jarbuloq uyas qishlog'ida bo'lib o'tadi.

Muhammadali Eshonqulov