Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent davlat Agrar Universitetida 30-may kuni o'tkazilgan ' | Muhammad Ali | Rasmiy Blog

Toshkent davlat Agrar Universitetida 30-may kuni o'tkazilgan "Smart texnologiyalarni Qishloq xo'jaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi o'zining yangi texnologiyalari bilan qatnashdi. Anjumanda Markazimizning direktori Mamatqulov Olimjon "Qoramolchilikda naslli buqalardan chuqur muzlatilgan urug'lar ishlab chiqarishda va suniy urug'lantirishda innovatsion texnologiyalar" mavzusida prezentatsiyasini ishtirokchilarga namoyish qildi va ushbu prezentatsiyaga mehmonlar katta qiziqish bildirishdi.

Toshkent davlat Agrar universitetida o'tkazilgan anjumanda universitetning hamkorlari bo'lgan xorijiy davlatlardan bir qator olimlar ishtirok etdi. Jumladan Janubiy Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya va Qozog'iston Respublikasi kabi davlatlardan offline va online tarzda ishtirok etdi. Shuningdek FAO, KIPA, Erasmus Plyus, KOPIA kabi xalqato tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.