Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro Hamkorlik Yuksalish maktablari va Janubiy Koreyanin | Muhammad Ali | Rasmiy Blog



Xalqaro Hamkorlik

Yuksalish maktablari va Janubiy Koreyaning Hancom Akademiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan shartnomaga ko‘ra, Hancom Akademiyasi tomonidan Yuksalish maktablarida “smart sinflar” tashkil etiladi va robototexnika, dasturlash, koreys tili fanlari o‘rgatiladi.

Ushbu kursni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Janubiy Koreyadagi nufuzli kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dastlabki bosqichda bitta filialda smart sinfni tayyorlab taqdim etish nazarda tutilgan.
Keyinchalik nasib etsa, barcha maktablarimizda bu kabi zamonaviy jihozlangan sinflarni tashkil etilishi kutilmoqda.

Ilm-fan rivoji uchun homiylik qilib, ko'pchilikka o'rnak bo'layotgan Hancom Akademiyasi jamoasiga tashakkurlar izhor qilamiz.

YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!

+998951010600
@yuksalish_maktab_admin
@yuksalishmaktabi_news

Telegram | Instagram