Get Mystery Box with random crypto!

Diydor Kecha unutilmas kun bo'ldi. Oliygohda 5 yil birga o'qi | Muhammad Ali | Rasmiy Blog

Diydor

Kecha unutilmas kun bo'ldi.
Oliygohda 5 yil birga o'qigan kursdoshlar uchrashib, dildan suhbatlashdik.
Kursdoshlar juda ahil edik. Doim bir-birimizga yordam berib, yaxshi-yomon kunlarimizda suyanchiq bo'lib turganmiz.
Bir piyola choy ustidagi suhbatimizning o'zida bir dunyo narsa o'rganardik.

Yaratganga shukr o'sha samimiy muhit, o'sha saviya - kecha 100 ta kitob o'qigandek taassurot bilan qaytdik.
ALLOH Ta'olo bu qadrdonlarimizni doim hifz-u himoyasida saqlasin. Borlaringizga shukr. Sizlarni yaxshi ko'raman do'stlarim.


@Muhammadali_Eshonqulov