Get Mystery Box with random crypto!

Savol berishgandi: 'Sizga nima kuchli motivatsiya beradi?' O‘ | Muhammad Ali | Rasmiy Blog

Savol berishgandi: "Sizga nima kuchli motivatsiya beradi?"

O‘z vijdonimga "O‘limga tayyormisan?", deya bergan savolimga undan olgan "Yo‘q!" javobim men uchun eng katta motivatsiya beradi. Shunda hali ko‘p ishlar qilishim kerak ekanligini eslayman, xotirjamlikka berilmayman.

Yana savol berishgandi: "Siz uchun muvaffaqiyat nima?"

Qachonki, shu vijdonimga "O‘limga tayyormisan?" deya bergan savolimga olgan "Ha!" javobim men erishgan haqiqiy muvaffaqiyat bo‘ladi.

Bu gaplarni aqllilik qilish uchun emas, eslatma bo‘lar deb yozdim.

Endi men ham savol bersam: Siz uchun nima kuchli motivatsiya beradi? Siz uchun muvaffaqiyat nima? Sizning bu boradagi o‘lchovingiz qanday?

Farrux Hasanov

Rasmiy telegram kanal:
@Muhammadali_Eshonqulov