Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirx | Muhammad Ali | Rasmiy Blog

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov hazratlari og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdilar.

Alloh taolo Muftiy hazratlarini O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!

Haq taolo hazratimizning barcha solih amallarini, dinimizga qilgan xizmatlarini, ilm-ma’rifat, ziyo taratish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini husni qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olsin, chekkan dardlarini barcha sahvu xatolariga kafforat qilib, rahmatiga chulg‘asin, qabrlarini jannat bog‘chalaridan qilib, oxiratlarini obod aylasin!

Alloh taolo Muftiy hazratlarining ahli oilasi, farzandu arjumandlari, safdoshlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi.