Get Mystery Box with random crypto!

​'Ta'limdan ko'ra ko'proq tarbiyaga muhtojmiz' — himmat qilish | Muhammad Ali | Rasmiy Blog

"Ta'limdan ko'ra ko'proq tarbiyaga muhtojmiz" — himmat qilishni o'ziga odat qilgan Hasanxo'ja Muhammad Sodiq bilan suhbat

Ta'lim
va tarbiya — bir-birining o‘rnini to‘ldiruvchi ne'matlar. Tarbiya o‘z-o‘zidan ta'limga nisbatan ustunroq va ahamiyatliroqdir. Jamiyatdagi va ta'lim tizimidagi og'riqli muammolar haqida chuqurroq o'ylashga chorlab kelayotgan ko'rsatuv — "Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi soni turli mavzulardagi fikrlaringizni yanada boyitishiga ishonaman!

Chindan ham loyihaning har bir sonini katta qiziqish bilan ko'rib kelaman, hamda uning bu galgi mehmoni, birodarimHasanxo'ja Muhammad Sodiq ekanligini eshitib, rosti, quvondim. Sababi, loyiha mehmonini yosh bo'lishiga qaramasdan ham SAT bo'yicha yetakchi mutaxassis va yaxshi inson, do'st sifatida bilaman.

Suhbat davomida, jamiyat va ta'lim sohasidagi muammolar hamda ularning yechimlari, dunyodagi TOP universitetlarga kirishda SAT sertifikatining ahamiyati borasidagi masalalarga to'xtalib o'tildi. Umid qilamanki, suhbat siz-u, biz uchun qiymatli maslahatlarga, mulohazalarga boy bo'ladi.

Hasanxoʻja Muhammad Sodiq tomonidan maxsus sovgʻa egasi boʻlishni istasangiz, unda sizni intervyuning toʻliq shaklini koʻrishga taklif etamiz!

Premyera bugun soat 21:00 da bo'lib o'tadi!

Havola: