Get Mystery Box with random crypto!

Ota-onasini yo'qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan b | Muhammad Ali | Rasmiy Blog

Ota-onasini yo'qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etiladi. Prezidentimiz tegishli qarorni imzoladilar. Hujjat bilan:

Ota-onasini yo'qotgan bolalarga uy-joy ajratishning yangi tizimi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra:
uy-joyga muhtoj va 18 yoshga to‘lgan ota-onasini yo'qotgan bola uchun (25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan) 1 xonali, ular o‘rtasida tuzilgan oila uchun (50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan) 2 xonali uy-joy ajratiladi;
2021-yil 1-dekabrga qadar 757 nafar ota-onasini yo'qotgan bolalarga uy-joy ajratish bo‘yicha maqsadli parametr (oxirgi 10 yilda ajratilgan uy-joylar sonidan 1,2 baravar ko‘p) tasdiqlanmoqda.

Ota-onasini yo'qotgan bolalarning ta’lim olishini rag‘batlantirish maqsadida:
tarbiya muassasalaridagi bolalarga nodavlat ta’lim tashkiloti o‘quv kurslarida o‘qish xarajati uchun yiliga 4,9 mln so‘mdan kompensatsiya to‘lanadi;