Get Mystery Box with random crypto!

Albatta, biz ALLOHnikimiz va albatta, unga qaytamiz. Mening e | Muhammad Ali | Rasmiy Blog

Albatta, biz ALLOHnikimiz va albatta, unga qaytamiz.

Mening eng suyukli shogirdlarimdan bo'lgan ABDUSALOMjon bu foniy dunyoni tark qilib, ROBBisining huzuriga yo'l olibdi. ALLOHIM senga bir mehmon jo'natyapmiz. Uni rahmatingga olib, hisob-kitob qilmasdan jannating bilan siylagin. Biz guvohmiz ABDUSALOM ibodatli yigit edi, xalqparvar yigit edi, yaxshi o'g'il, yaxshi shogird va yaxshi do'st edi.
Ukamdek ko'rardim. Ko'pchilikka aytmagan sirlarimning sohibi edi...
Taqdir ekan, ALLOH shuni iroda qilibdi va uning taqdirida doim xayrli hikmat bo'lgan. Endi Jannatlarda ko'rishish nasib qilsin. Yaqinlariga sabri jamiyl tilaymiz.


Sizlardan iltimosim bir tilovat qilib, shogirdimning haqqiga duoi xayr qilib qo'ysangiz...