Get Mystery Box with random crypto!

SEVGI SADOSI Gulim, mehr ko‘zda degani yolg‘on, Mening dilimd | MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

SEVGI SADOSI

Gulim, mehr ko‘zda degani yolg‘on,
Mening dilimda hech o‘chmas yolqinsiz,
Qancha ko‘rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo‘lsak shuncha yaqinsiz.
_____________________________________
Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting, sizdan bo‘lak kimim bor yana?..
Siz yo‘q chog‘imdagi dunyom begona,
Siz yo‘q bog‘imdagi gullar yoqimsiz.
_____________________________________
Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim,
Siz mening ko‘klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo‘qotgan ko‘zmunchog‘imsiz.
_____________________________________
Yodimda kechagi sho‘xliklaringiz,
Ko‘ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o‘sha — orzusi oydan oydin qiz,
Siz o‘sha — kulgusi qo‘ng‘irog‘misiz.
_____________________________________
Siz o‘sha ko‘zimning kiftida yurgan,
Siz o‘sha ko‘nglimga ko‘ngli in qurgan,
To‘kilay deb tilim uchida turgan
She’rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz...
_____________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri

Abdumalik Gʻaynazarov ijrosi
Ozodbek Nazarbekov ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi