SINGILLARIM Ota uyda oʻtar umr tushdaygina, Xudo sizga sabr | MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

Picture 1 from MUHAMMAD YUSUF | Мухаммад Юсуф 2021-02-09 19:10:35
SINGILLARIM

Ota uyda oʻtar umr tushdaygina,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
Bir kun uchib ketarsizlar qushdaygina,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
_________________________________
Koʻpga kelgan toʻyda – koʻngil soʻramaymiz,
Rostmi-yolgʻon, yigʻingizga qaramaymiz.
Ogʻa boʻlib hol soʻrashga yaramaymiz,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
_________________________________
Siqilsangiz koʻz yosh topgan davlatingiz,
Beshik bilan boʻlar endi suhbatingiz.
Qizil gulday oʻtib ketar qiz paytingiz,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
_________________________________
Baxtli boʻling Sizsiz dilda hikmat qayda
Ayol aziz boʻlmas joyda izzat qayda.
Ona yayrab yashamasa millat qayda,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
_________________________________
Ota uyda oʻtar umr tushdaygina,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
Bir kun uchib ketarsizlar qushdaygina,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
_________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri

Davron Ahmedov ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

@muhammad_yusuf_hayoti_va_ijodi
1.41K Obunachilar
Adabiyot Toifa
✍ Haqiqiy Shoirning Qabri Boʼlmaydi,. Yurakka Koʻmilar Asl Shoirlar!. https://t.me/ V7H4VXxFVZkT3mlB. Bilib qoʻygan yaxshi @Ushbu_Kunda...