Get Mystery Box with random crypto!

Oʻz uyida emas, birovning uyida yashab yuradigan odamni ijarac | MuhammadYusuf blog

Oʻz uyida emas, birovning uyida yashab yuradigan odamni ijarachi deyiladi. Oʻz tilida emas, boshqalarning tilida gapirib yuradigan odamni nima desak boʻlarkin? «Doʻkonn»i «магазин», «non»ni «лепешка», «joʻmrak»ni «кран», «zinan»i «лесница», «har qalay»ni «зато», «deyarli»ni «уже», «munosabat»ni «отношения», «asbob»ni «инструмент», «qulf»ni «замок», «muzlatgich»ni «холодильник», «borish-qaytish»ni «туда-обратно», «sozlama»ni «настройка», «qurilish»ni «стройка», «boʻlim»ni «oтдель», «buyurtmani» «заказ» deymiz. Oʻz soʻzlarimiz boʻla turib, boshqasiga muhtojdek yashaymiz. Manqurtlikning birinchi alomati oʻz tilidan begonalashuvidir. Tilimizning bugungi ahvoli ayanchli boʻlsa ham alamli bayrami muborak boʻlsin!!!!

@umarhalil