Get Mystery Box with random crypto!

#yodlab_oling Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasu | 𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐐𝐨𝐫𝐢

#yodlab_oling
Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.):
«Kim sayyidul istig‘for - «Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ‘abduka va ana ‘ala ‘ahdika va va’dika mastato’tu a’uzu bika min sharri ma sona’tu, abu‘u laka bini’matika ‘alayya va abu‘u bizambiy fag‘firliy fainnahu la yag‘firuz zunuba illa anta»ni
kechki payt aytib, shu kuni vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot
etsa, unda ham jannatga kiradi», dedilar.

(Ma’nosi: «Allohim, Sen Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga
bergan va’damda va Senga bergan ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan
narsalarimning yomonidan Sening noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan
ne’matlaringga iqror bo‘ldim. Va yana gunohlarimga ham iqror bo‘ldim. Mening gunohlarimni kechir. Chunki Sendan boshqasi gunohlarimni kechira olmaydi».)

Imom Buxoriy rivoyati.

https://t.me/Muhammad_ali_qori