Get Mystery Box with random crypto!

Topbazar | Online market

Telegram kanalining logotibi muhamadali_eshonqulov — Topbazar | Online market T
Telegram kanalining logotibi muhamadali_eshonqulov — Topbazar | Online market
Kanal manzili: @muhamadali_eshonqulov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.79K
Kanalning ta’rifi

😊 Фойдали илмга тикилган сармоя, икки дунёда хам фойда беради!
Youtube kanalimiz: 👇👇
https://www.youtube.com/channel/UCNfFiESIKm1gbeY5C2IZhGw
📲 Reklama: @paragraph_ads

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-07-08 13:23:47
Ustoz Shifudan 100 ta dars

12-dars

Oila


Ustozim Ugvey aytardi:

-Bo'talarim, ertaroq oila degan mas'uliyatli va muqaddas ishga tayyor bo'lib, turmush quringlar. Zero nikohda baraka bor.
Oila yanada mustahkam, hayotingiz go'zal bo'lishi uchun turmush qurayotganda quyidagi narsalarga diqqat qarating:

Yigit kishi qiz boladan 4 jabhada ustun bo'lgani yaxshi:

1. Ilm
2. Bo'y-bast
3. Boylik
4. Nasabda

Qiz ham yigitdan 4 ta narsada oldinda bo'lgani qanday go'zal:

1. Hayo
2. Taqvo
3. Chiroy
4. Fahm-farosatda

Panda!

Ideal Panda qidirsang, Pandasiz o'tasan. O'zing qanday yashasang shundayi nasib qiladi. O'zingni isloh qil. Chiroy, boylik o'tkinchi narsa. Sen diyonatlisini tanla.
Faqat o'zingga xotin emas, ota-onangga yaxshi kelin, farzandlaringga ona qidir...



Ha aytgancha, dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lsang, uylanishingdan oldin o'zgartir!

Chunki to'ydan keyin TVda bitta kanalni ham o'zgartira olmasliging mumkin.
O'tirasan ayoling bilan serial ko'rib.


Hurmat bilan,
Ustozing Shifu

@Muhamadali_Eshonqulov
795 views10:23
Ochish/sharhlash
2022-07-08 13:23:17
Zulhijja oyining ikkinchi jumasi va Qurbon hayitining arafa kuni muborak bo‘lsin!

ALLOH TA'OLOning salomi,
Payg‘ambar ﷺning duolari,
Qur’oni Karimning nuri va fayz-u barakotli Jumaning tarovati kun davomida siz bilan birgalikda bo‘lsin!

Salovot aytishni unutmang:
SOLLALLOHU ALAYKA YAA ROSULALLOH

@Muhamadali_Eshonqulov
813 views10:23
Ochish/sharhlash
2022-07-07 09:37:19
Ustoz Shifudan 100 ta dars

11-dars


Mentalitet-2

Panda!

Agar sen juda katta, hashamatli uy qurib, o'zlari kichkinagina oshxonada o'tiradigan odamlarni ko'rsang - demak sen O'zbekistondasan.

Agar uyida 30 ta yangi ko'rpachasi bo'lib, o'zlari eskisida o'tiradigan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar devoridan avval darvozasini quradigan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar sahardan yuzlab odamlarga tekinga ovqat tarqatayotgan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar mashina olib, bir yilgacha salafanini yechmay yuradigan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar darvozani qulflab, kalitni uning tagiga berkitib ketadigan insonlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Va nihoyat agar sen saxiy, samimiy, ilmga chanqoq, go'zal va mehmondo'st odamlarni ko'rib qolsang bilginki, sen - O'zbekistondasan!

- Juda qiziq ekan. Yana bormi Ustoz?

- U yog'ini izohda qolgan Pandalar davom ettirishadi.


@Muhamadali_Eshonqulov
1.6K views06:37
Ochish/sharhlash
2022-07-06 10:49:58 Davomi...

Bir tuni soat 2.00 da qo'ng'iroq kelib qoldi. Ko'tarsam "Ustoz Shifu bezovta qilmadimmi?" deydi.
Yarim kechasi berayotgan savolini qara.
-Yo'q. Seni qachon telefon qilarkan deb kutiiib o'tirgandim - dedim.

Maymun bilan shunday tanishganmiz xullas
1.7K views07:49
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:03:02
Ustoz Shifudan 100 ta dars

10-dars

Panda!

Ustozim Ugvey aytardi:

-Biror joyga mehmonga borsangiz, eshikni odobsizlarcha tinimsiz taqillatmang. Bir marta chaqirgach, 5 daqiqa kuting. Uy sohibi biror muhim ish bilan mashg'ul bo'lishi mumkin.
Keyin eshik qoqib, yana 5 daqiqa kuting.
Hech kim chiqmasa, uchinchi marta taqillatib, yana kuting. Shunda ham javob bermasa, ortga qaytingizlar.


Shunga qiyosan bu odob ayni qo'ng'iroq qilishga ham taalluqli.
Kimgadir terdingmi, asabni o'ynab qayta-qayta qilaverma.
5 daqiqalik interval bilan 3 marotaba qil. Ko'tarmadimi, sekin xabar yozib qo'y.
Sms yozganda ham "Oka bizni ish nima bo'ldi?" demasdan, o'zingni tanishtirib, vaziyatni tushuntirib, qulay vaqtda qo'ng'iroq qilishini so'rab yoz.

Jamoat joyda, davralarda telefonda gaplashma. Sekin chiqib, tashqarida suhbatlash.
Soat 22.00 dan keyin va ertalab 8.00 dan avval notanish odamlarga qo'ng'iroq qilma (yaqinlaring bundan mustasno).
Bu insonning o'zi va oilasiga ajratadigan vaqtidir Po...

@Muhamadali_Eshonqulov
2.5K views15:03
Ochish/sharhlash
2022-07-05 17:01:09
Ustoz Shifudan 100 ta dars

9-dars Prussiyalik onalar aytgan allalar


-Panda, senga nemis sifati haqida aytib beraman:

Prussiya. XIX asr o'rtalari.
Ona alla aytmoqda:

"Vatanga yov bostirib keldi. 2 qo'shin jang qilardi.
Bizning sarkarda halok bo'ldi.
Uni ko'rib qo'shinda parokandalik boshlandi.
Bundan foydalangan dushman qo'shinimizni yengdi.
Shahar istilo qilindi.
Xalq tahqirlandi.

Sabab?
Nega shahar dushman qo'liga o'tdi?
Chunki qo'shin yengildi.

Qo'shin nega yengildi?
Chunki sarkarda halok bo'ldi.

Sarkarda qanday halok bo'ldi?
Otdan yiqilib.

Otdan nega yiqildi?
Chunki taqachi bitta mixni qoqmagandi.

1 dona mix deb butun boshli bir xalq qul qilindi."

Alla tugadi.

Endi o'zing o'yla Panda!

Hali beshikdaligidayoq har bir ishga mas'uliyat bilan yondashishni singdirishgan. Oddiy ishchi bo'lsang ham professional bo'l deyilmoqda. Mana gap qayerda.

-Ustoz bizdachi?

-Bizda ba'zi onalar alla o'rniga telefonda qo'shiq qo'yib berishayotgani uchun artistlar ko'payib ketyapti Po...


@Muhamadali_Eshonqulov
2.7K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2022-07-04 14:35:15
MUHIM E'LON!

Ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Facebook, Telegram)da ruxsatimizsiz bizga umuman tegishli bo'lmagan va xabarimiz bo'lmagan soxta yolg'on ma'lumotlarni joylab, insonlarni noto'g'ri ishlarga bizning nomimizdan targ'ib qilib, aldash holatlari yuz bermoqda.

Agar shu ishlarni qilayotgan "kimsalar" bizni kuzatib turgan bo'lsa, bu holatga chek qo'yishlarini so'rab, ularni ogohlantirib qolamiz.

Agar shunda ham ushbu soxtakorliklar to'xtamasa, tegishli tartibda qonuniy chora ko'rishga majbur bo'lamiz.

Soxta kanal va soxta adminlarning biz bilan hech qanday aloqasi yo’q! Bizdan hech biri ruxsat olmagan. Firibgarlarga aldanmang!

Barchaga ALLOH o'zi insof berib, to'g'ri yo'lga solsin.

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
@Muhamadali_Eshonqulov
2.0K views11:35
Ochish/sharhlash
2022-07-04 14:34:25 Biror post yozsam, izohlarni o'qib chiqaman. Telegramdan to Youtube gacha. Lekin javob yozishga jismonan ulgurish qiyin.

Oxirgi postdagi bir nechta takrorlangan savollarga izoh yozib qo'yay dedim.

1. Postlarni o'zingiz yozyapsizmi?
- Ha, o'z qo'llarim bilan .

2. Ustoz Shifuning eski darslaridan emas, yangisini yozing.
- 2 yil oldin 13 ta dars yozgandim. Har kuni bittadan. U paytda bizni kuzatadiganlar juda kam sonli edi. Hozirgi kanalimiz obunachilarning ko'pchiligi o'qimagan. 13 tani to'ldirishlar bilan joylab bo'lgach, yangilarini yozamiz in shaa ALLOH.

Hurmat bilan,
Muhammadali Eshonqulov
1.8K views11:34
Ochish/sharhlash
2022-07-04 14:34:11
Ustoz Shifudan 100 ta dars

8-dars: Bozor

Panda!

1. Bozorga borsang, bo'shlik qilma. Aytgan narxga ko'nib olib ketaversang, lo'x ekan deb o'ylashlari mumkin.

Qancha so'rashsa, yarim narxiga 20% qo'shib savdolash.
Masalan, 500 minglik narsani 250+100=350 ming degin.
Savdolashsang baraka bo'ladi.

Lekin juda maydalashib ham ketma, himmating pasayib ketadi.
Savdoda dadil bo'l.

2. Bozorga to'yib bor. Iloji boricha bozorda ovqatlanma. Ustozim Ugvey "Bozordagi ovqatga ko'pchilikning nazari tushadi, yo'l yuzida, odam ko'p o'tadigan joyda ovqatlanish odobsizlik bo'ladi" deb aytardi.

3. Oladigan narsalaringni avvaldan ro'yxatini tuzib bor. Dunyo bo'ylab 70-80% savdo ongli ravishda emas, hissiyotga berilib qilinadi.
Ehtiyojing bo'lmagan narsani olma.

4. Do'konga kirganda salom berib kir, alik olmagan, e'tibor qilmagan sotuvchilardan narsa olma.

5. Bir narsani qimmatroq olib qo'ysang, bozordan chiqqancha narxini solishtirib, "o'zimga kelalmeppan" deb siqilib yurma.

Asabni asra Po...

@Muhamadali_Eshonqulov
2.4K views11:34
Ochish/sharhlash
2022-07-03 12:07:01
Ustoz Shifudan 100 ta dars

7-dars Muomala

Panda!


Dunyo kezib o'zbeklardek xushmuomala xalqni ko'rmadim.
Nihoyat senga ularning ''Muomala sirlari'' nomasini o'qib beraman.


Panda, kim bilan suhbatlashsang, ko'ziga qarab gapir.
G'arbda buni ''Eye contact'' deyishadi.
Bizda esa ishonch belgisi.

Tik boqishga uyalsang, qoshlarining o'rtasiga qara.
Yoshi katta insonlarga, begona ayollarga o'qrayma, iymoning saqla.

Kimni ko'rsang, Sizlab gapir, tabassum qil va birinchi salom ber.
Panda, bizlarga bejizga 2 ta quloq va 1 ta og'iz berilmagan.
Bu ko'proq tinglab, kamroq gapirish kerak degani.

Vaziyatga doim suhbatdoshing tarafdan nazar sol.
Chunki sen nima deganing emas, u tomondan qanday eshitilgani muhim.

Nutqing ravon bo'lsin uchun ko'p kitob o'qi!
Ovozlaringni mashq qil. Shuhrat Qayumov, Abdukarim Mirzayev, Najot Nur kabi Ustozlarning darslarini ko'r.

Yana nutqingni tasmaga yozib, o'zing eshit.
Shunda qolganlarni qanchalik qiynab kelayotganingni o'zing ham his qilasan.

@Muhamadali_Eshonqulov
2.8K views09:07
Ochish/sharhlash