Get Mystery Box with random crypto!

Esimni taniganimdan beri, hayyit namoziga opoqdadam rahmatli b | 🌙 Muhabbat oyatlari

Esimni taniganimdan beri, hayyit namoziga opoqdadam rahmatli bilan chiqardim, namoz vaqtidan ikki soat oldin masjidning birinchi qatorida joy olib, bomdod namozigacha zikr va nafl o'qilardi. So'ng menga pul berib, masjidga deb pul yig'ib yurgan xodimlarga ehson qilishimni tayinlar edilar. Hayyit namozi tugagandan keyin, jamoat tarqashini kutib masjid ichkarisida masjid imomi va bir qancha nuroniylar bilan samimiy gaplashib o'tirar edilar. Shundan so'ng, uyga no'xot, qaymoq va non olib uyga kelardik.
Bugun hayyit namoziga opoqdadamsiz chiqamiz, Alloh opoqdadamning joylarini jannatda qilsin, barzax olamida martabalarini ulug' qilsin.

@muhabbat_oyatlar