Get Mystery Box with random crypto!

At Tanal imtihoni | التنال العربي At Tanal - lordaniya davla | Luqmonjon Muftillayev C2

At Tanal imtihoni | التنال العربي

At Tanal - lordaniya davlati tomonidan arab bo'lmaganlarni arab tilidagi darajasini bilish uchun ishlab chiqilgan maxsus til bilish sertifikati boʻlib bugungi raisi Abdul Rauf Zuhdiy

Sertifikat umumiy dunyoning 20 dan ortiq davlatida tan olingan xalqaro darajada va sizni ma'lum darajangizni bilib, shu daraja uchun sertifikat beradi

Rasmiy sayti: https://attanalalarabi.com/

Imtihonning barcha bo'limlari kompyuter orqali bir martada topshiriladi. Eshitib tushunish ikki marta eshittiriladi. Yozish boʻlimi esa qo'lyozma emas, balki kompyuterda yoziladi

Imtihon bo'limlari:
- Eshitib tushunish (الاستماع)

- Oʻqish (القراءة)
- Gapirish (التحدث)
- Soʻz boyligi va grammatika (المفردات والتراكيب اللغوية)
- Yozish (الكتابة)

Imtihon davomiyligi 2 soat va 150 ball boʻlib boʻlimlarning har biri 30 ball olib keladi

Sertifikat xalqaro darajada va muhimi manbalar asl arablar tomonidan tuzilgan. Til bilish darajasini tekshirish uchun yaxshi tizim

@arobiyya_uz