Get Mystery Box with random crypto!

Ibn Sammok Horun Ar-Rashidning huzuriga kirganida, u kishi suv | Mufidiya

Ibn Sammok Horun Ar-Rashidning huzuriga kirganida, u kishi suv ichib o'tirar edilar. Ibn Sammok:

«Ey, mo'minlarning amiri, agar sizda shu suvni ichish imkoniyatingiz cheklangan bo'lsa, ya'ni icha olmasangiz, buni ichish uchun mol-mulkingizni yarmini bergan bo'larmidingiz?» deb so'radi.

Horun Ar-Rashid:
- Bergan bo'lardim.
- Agar shu ichgan suvingizni ichingizdan chiqarish imkoniyati bo'lmasa, davlatingizni qolgan yarmini bergan bo'larmidingiz?
- Bergan bo'lardim, deb javob berdi.

Shunda ibn Sammok: «Bir piyola suvga arzimaydigan mol-davlatni nima keragi bor?!» degan ekan.