Get Mystery Box with random crypto!

Ruslan Nurudinov Osiyoda ham tengsiz! Janubiy Koreyadan navba | Mudofaa vazirligi rasmiy kanali

Ruslan Nurudinov Osiyoda ham tengsiz!

Janubiy Koreyadan navbatdagi xushxabar. Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi, kapitan Ruslan Nurudinov qitʼa birinchiligida -109 kg vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritdi. Atletimiz dast koʻtarish mashqida 177 kg bilan oltin medalga sazovor boʻldi. Siltab koʻtarishda jahon rekordi sohibiga bu safar oltin medal uchun 228 kg yetarli boʻldi.

Shu tariqa, Ruslan ikkikurash natijasiga koʻra, 405 kg bilan eng yaqin taʼqibchisini 6 kilogrammga ortda qoldirib, ushbu vazn toifasida barcha raqibalaridan ustun ekanini yana bir karra koʻrsatdi.

Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter