Get Mystery Box with random crypto!

#BILASIZMI O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1 | Mudofaa vazirligi rasmiy kanali

#BILASIZMI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o'tash tartibi to'g‘risida"gi nizomning 18-bandiga muvofiq kalendar hisobida kamida o'n yil xizmat qilgan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo'yicha harbiy xizmatchilarning (harbiy xizmatdan bo'shatilayotganda) haqiqiy harbiy xizmat muddatiga quyidagilar qo'shib hisoblanadi:

oliy ta'lim muassasasining kunduzgi bo'limidagi bir oy o'qish muddati bir oy xizmat muddati hisobida;

oliy ta'lim muassasasini tamomlaganidan so'ng ixtisosligi mos keladigan lavozimlardagi bir oylik ish staji bir oylik xizmat hisobida.

Pensiyani hisoblash vaqtida harbiy xizmatdan tashqari davlat xizmatchilarining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklardagi xizmat davri (ish staji) maxsus unvon berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qo'shib hisoblanadi.

Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram| Facebook | Youtube |Instagram