Get Mystery Box with random crypto!

#BILASIZMI O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12 | Mudofaa vazirligi rasmiy kanali

#BILASIZMI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ- 4447-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o'tash tartibi to'ģrisida"gi nizomning 129-bandiga asosan:

oliy harbiy ta'lim muassasasi, oliy o'quv yurtidan keyingi institutga qabul qilingan harbiy xizmatchi oldingi egallagan lavozimidan bo'shatiladi (mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno) hamda kursant, tinglovchi, doktarant yoki ta'lim olayotganlar uchun nazarda tutilgan boshqa lavozimga tayinlanadi;

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi hamda respublika va xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan oliy ta'lim muassasalari, shuningdek oliy o'quv yurtidan keyingi institutga qabul qilingan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo'yicha harbiy xizmatchilarga o'qish muddati mobaynida ular oxirgi egallagan lavozimga ko'ra belgilangan ta'minotning barcha turlari va normalari saqlanib qoladi.

Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram| Facebook | Youtube |Instagram