Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT, EʹLON! 19-dekabr kuni “G‘alaba bog‘i”da bo‘lib o‘ta | Harbiy blog | Temur Malik

DIQQAT, EʹLON!

19-dekabr kuni “G‘alaba bog‘i”da bo‘lib o‘tadigan yoshlar festivaliga marhamat!

Ertaga, 19-dekabr kuni poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon!” shiori ostida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tantanali yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida zamonaviy harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, tog‘ tayyorgarligi anjomlari va jihozlari, aloqa vositalari va robototexnika namunalari, har xil turdagi o‘quv parashyutlari jamlanmasi, muhandislik jihozlari, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashining harbiy-texnik va sport klublari (poyga, karting, motokross, aviamodellashtirish, biatlon, radiohavaskor va boshq.) namoyishi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya qo‘mondonligi harbiy orkestrlarining musiqiy chiqishlari (defile), Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan qurol bilan ko‘rgazmali saf mashqlari va qo‘l jangi namoyishi, kinolog mutaxassislarning ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy ansambl jamoalarining kontsert dasturlari namoyish etiladi.

Tadbir ertalab soat 11:00 da boshlanadi.

@mudofaauz