Get Mystery Box with random crypto!

ARMIYADA - YANGI FARQLOVCHI NISHON Prezidentning 10.12.2021 | Harbiy blog | Temur Malik

ARMIYADA - YANGI FARQLOVCHI NISHON

Prezidentning 10.12.2021 yildagi
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-40-son qarori qabul qilindi.

Unga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini intensiv sinovlardan o‘tkazish va ularni "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoni bilan taqdirlash tartibi joriy qilindi.

Sinovlarda Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Milliy gvardiya va DXXning kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilari ishtirok etishi mumkin.

Eskartish: Intensiv sinov deganda harbiy xizmatchilarning jismonan baquvvatligini, chidamliligini, ekstremal sharoitlarda turli jismoniy yuklamalarga ruhiy bardoshliligini sinash bo‘yicha mashqlar majmuasi tushuniladi.

@mudofaauz