Get Mystery Box with random crypto!

Muborak shahrida bir necha yildan beri Yangi yilda faqat quyos | MUBORAK.UZ | Shavkat Normuminov

Muborak shahrida bir necha yildan beri Yangi yilda faqat quyosh charaqlab turadi. Bayram arafasida sovuq, izg'irin bo'lib turadi, ana endi shu yil Yangi yilda qor yog'adi deymiz, lekin aynan Yangi yil kuni Quyoshjon charaqlab, yashnab, kulib turadi Muborak odamlariday.
Qor yog'sa bayram fayzli, ertaksimon, qiziq bo'lardiyu, lekin mayli boriga shukur, uyi sovuq, o'tini kam, gazi past (yoki umuman yo'q), tok pechkaga ketayotgan elektr hisobini hisoblab, Ilohim sovuq qattiq kelmasin deb duo qilib o'tirganlarni ham o'ylashimiz kerak.


Shavkat Normo'minov

31-dekabr 2019-yil
@Muborak_Uz