Get Mystery Box with random crypto!

31-dekabrdan 4-yanvargacha barcha uchun dam olish kuni bo‘lish | Муборак

31-dekabrdan 4-yanvargacha barcha uchun dam olish kuni bo‘lishi mumkin

Farmon qabul qilinsa, o‘zbekistonliklar Yangi yil munosabati bilan ketma-ket 5 kun (31 dekabrdan 4 yanvargacha) dam oladi.

Xususan:
2021 yil 31 dekabr (juma) – 2021-yil 10 maydagi PF-6222-sonli prezident farmoniga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;

2022 yil 1 yanvar (shanba) – Mehnat kodeksi 131-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan kun (Yangi yil bayrami);

2022 yil 2 yanvar — yakshanba dam olish kuni;

2022 yil 3 yanvar (dushanba) va 4 yanvar (seshanba) kunlari – qabul qilinishi kutilayotgan farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni.
@Muborak_Uz