Get Mystery Box with random crypto!

Farzandim Fotih bo‘lsin deganlarga! Fotih Sulton Mehmet Xon b | Mubaşşir Ahmad

Farzandim Fotih bo‘lsin deganlarga!

Fotih Sulton Mehmet Xon bolaligida juda yaramas, to‘polonchi bir o‘quvchi edi. Dars vaqtida qilgan to‘polonlari bilan ustozi Oqshamsiddinni jahlini chiqarar edi. Ustozi unga tanbeh bersa, darhol: "Men podshohning o‘g‘liman, hech narsa qilolmaysan", deyishdan ham toymasdi.

Oqshamsiddin podshohga shikoyat etishlikni adabsizlik hisoblab, holatni II-Murotga aytishdan tortinar edi. Ammo vaqt o‘tgani sayin kichik Mehmetning qiliqlari haddan oshib, chidab bo‘lmas holga keladi. Shundan keyin noiloj podshoh II-Murotning huzuriga chiqadi.

"Podshohim, sizga aytishim zarur bo‘lgan bir xususiy masala bor. Ammo aytishdan hayo qilmoqdaman".

Podshoh: "Marhamat! Hech tortinmasdan aytaver", deydi. Bu so‘z Oqshamsiddinni xotirjam etdi va hodisani anglata boshladi.

"Podshohim! O‘g‘lingiz – jigarporangiz juda to‘polonchi. Uning dastidan darsimni o‘tolmayapman. Qachon tanbeh bersam, darhol Sizni nomingiz bilan menga tahdid qiladi".

Podshoh bir oz sukut saqlaydi. Keyin Oqshamsiddinga yaqin kelib, bir narsalarni pichirlab tushuntiradi. Podshohning so‘zlaridan Oqshamsiddin sarosimaga tushadi.

"Bu qanday reja? Buni amalga oshirish mumkin emas!" Oqshamsiddin bu reja xususidagi xavotirlarini oshkor qilishiga qaramay, podshoh, "Bu ish bo‘ladi", deydi.

Ertasi kuni Mehmet darsda yana to‘polonini boshlaydi. Ustozining tanbehiga odatdagidek, otasi bilan tahdid javobini beradi. Ayni shu payt to‘satdan eshik ochilib, podshoh ichkariga kiradi.

Bu holatdan g‘azablangan Oqshamsiddin podshohga qarab baqiradi. Bir tarsaki urib deydi: Hech kim dars vaqtida ichkariga bunday tarzda kirishi mumkin emas!
Izn so‘rab kirishi lozimligini aytib, tashqariga haydaydi. Podshoh mahjub shaklda bo‘ynini egib, uzr so‘raydi va tashqariga chiqadi.

Bu hodisa qarshisida Fotih Sulton tili kalimaga kelmay, nima qilishini bilmay qoladi. Ishongani – podshoh otasi ko‘z o‘ngida tarsaki yegan edi. Fotih Sulton Mehmetning ichki dunyosi ag‘dar-to‘ntar bo‘lgandi.

Birozdan so‘ng eshik taqillaydi va podshoh xijolatli holatda ichkariga uzr so‘rab kiradi. Reja ajoyib shaklda amalga oshgan edi.

O‘sha kundan so‘ng, Fotih Sulton Mehmet aslo yaramaslik qilmadi. Chunki ishongan tog‘lariga qor yog‘gan edi.
-----------------------------------------------------------------
Ta’lim ne ekanini II-Murot darajasida bo‘lmasa ham, kamida o‘z farzandini yanglish yo‘llarga yo‘naltirmaslik qadar idrok etadigan ota-onalarga ehtiyojimiz bor.

Unutmaylik, bolalar erka, tantiq bo‘lib tug‘ilmaydilar. Ularni diplomli, mansabli, toparmon, ammo tarbiyasiz ota-onalar taltaytiradilar.

Shoolim Shomansur

Mezana – ilmni odob bilan o'rganamiz!

#odob_axloq #farzandi_arjumand

Kanalga ulanish: @mezanauz