Get Mystery Box with random crypto!

#jarayon Joriy yilning 27-oktyabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman | Mirzo Ulugʻbek tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi✨

#jarayon

Joriy yilning 27-oktyabr kuni Mirzo Ulugʻbek tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati" oyligi yakuni bo'yicha ijodiy ishlar ko'rgazmasi o'tkazildi.

Mirzo Ulugʻbek tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan 2022-2023- o'quv yili uchun tasdiqlangan rejaga ko'ra Oktyabr - "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati" oyligi doirasida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, maktabning "To'qish", "Tikish-bichish", "Sharq minyaturasi", hamda "Kulolchilik" to'garagi a'zolari o'rtasida sog'lom raqobat ruhini shakllantirish va iqtirorli o'quvchi-yoshlarni aniqlash maqsadida "Yosh hunarmand" tanloviga start berildi. Bir oy davomida o'quvchi-yoshlar tomonidan ishlangan hunarmandchilik va qo'l mehnati na'munalari yig'ib borildi. hamda oy yakuni doirasida "Hunarmandchilik va qo'l mehnati" mavzusida ijodiiy ishlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram