Get Mystery Box with random crypto!

Dada! O’zim tayyorladim Kecha Shahani studiasiga cheesecake | Muazzam Juraeva Makeup

Dada! O’zim tayyorladim

Kecha Shahani studiasiga cheesecake o’rganishga bordim. Bir voqea esimga tushib ketib yig’lab ham oldim…

Maktabimizda har bir bayramda ayniqsa Navro’z bayramida har bir sinf dasturxon bezatardi. Qaysidir sinflar pul yig’ib dasturxon tuzasa, qaysidir sinfdagilar uyidan yeguliklar pishirib kelishardi.

Men oltinchi yoki yettinchi sinfda o’qirdim, sinfimiz bilan pul yig’ishga kelishdik. Lekin xolamni qizi sinfidagilar bilan yegulik tayyorlashga kelishishganini va onasi ishdaligi uchun men tayyorlab berishimni iltimos qildi. Chunki katta farzand bo’lganim uchun oshxonaga juda erta kirganman, o’zimcha har-xil retseptlardan turli pishiriq va yeguliklar tayyorlardim. Bir gal juda zo’r chiqsa, bir gal … Tushundingizku a?!

Meni pazanda deb mendan iltimos qilgani uchun shunaqa xursand bo’lganmaaaan, bajonidil rozi bo’lganman. Jiyanim uyidan barcha masalliqlarni olib keldi, men oshxonadan chiqmay kun bo’yi keks tayyorladim. Lekin o’sha kuni pechdan keks emas tosh chiqdi Birov ko’rmasin deb yana pechga solib qomydim
Juda qattiq siqilganman, hech kimga aytolmaganman, chunki yarim kechasi edi, uyda hamma uxlagan, aytadigan odamni o’zi ham yo’q edi. Ertalab keksni olib ketishga kelsa nima qilaman deb judayam o’ylanganman. Uyalganman

O’ylab-o’ylab Ertalab vaqtli turib yangidan tayyorlayman dedimda uxlashga yotdim.

Ertalab barvaqt turdim va keks tayyorlash uchun oshxonaga kirdim, avvalo kechagi “toshkeks” ni yashirish kerak edi Pechni ochib qarasam MO’JIZA ro’y berib toshkeks judayam chiroyli va judayam mazali tortga aylanib qolibdi

Dadam ertalab qizimni pishirig’i qanday chiqibdi deb pechni ochib ko’rganlar va meni shedevrimni ko’rib hayratga tushganlar Keyin esa borib tort sotib olib kelganlar va pech ichiga solib qo’yganlar
Ha dadam meni uyalmasligim uchun bu ishni berkitganlar, hattoki bu haqida oilamizdagilarga ham aytmaganlar. Jiyanim esa tortni olib Muazzam opam pishirgan deb hammaga maqtangan. Shundan keyin hattoki tort ham zakaz qilganlar bo’lgan
Sattor Dadam! Sirlarimni yashirib, yaxshimni oshirgan Dadam!

Mana endi bu hikoyani sizlar ham bilasizlar )


Sizlarda ham shunga o’xshagan xolat bo’lganmi?!