Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Xalq ta’ | Ўқитувчи | muallimlar.uz

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 16-dekabrdagi 404-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “STesting” platformasida o‘quvchilar tomonidan bajarilgan (PIRLS, PISA va TIMSS) topshiriqlarni tekshirish va baholash uchun fuqarolik shartnomasi asosida barcha fan pedagog-mutaxassislarni jalb etish yuzasidan tanlov e’lon qilinadi.

Vazifalar:

“STesting”
platformasida PIRLS, PISA va TIMSS xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan kiritilgan javoblarni tekshirish;

O‘quvchilarning javoblarini belgilangan mezonlar asosida baholash va natijalarni kiritish.

Ishlash istagidagilar rezyume (CV) (telefon raqami ko‘rsatilgan holda), pasport nusxasini 2022 yil 15 yanvarga qadar avloniy@xtv.uz (yoki telegram orqali
@SXAzimov manziliga yuborishlari so‘raladi.

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti

@muallimlar