Get Mystery Box with random crypto!

Muallima : Bu 2 yil oldin bo'lgandi. Men 1-toifa olish uchun a | Muallima.uz| Rasmiy kanal

Muallima :
Bu 2 yil oldin bo'lgandi.
Men 1-toifa olish uchun attestatsiyaga borishim zarur edi.
Mashina gaplashilgan, ertalab olib ketishi kerak.
Ertalab mashina uyim oldiga keldi, meni va sheriklarimni olib yo'lga tushdi. Uyimning oldidan mashina kelib olib ketganidanmiii, o'zimni kamida hokimdek sezdim.
Yetib bordik, mashinadan tushdim. Mashinaning eshigi sal nosoz ekan, haydovchi eshikni ochib berdi, o'zimni naq malikalardek
his etib, viqor bilan mashinadan tushdim
Bizning guruh allaqachon testga kirib ketgan ekan, meni qorovullikda turgan yigit "Sizni kutib turibmiz-da, opajon, tezroq kiraqoling",-deb xushmuomalalik bilan ichkariga kuzatdi.
Eshikdan kirishim bilan sumkamni, egnimdagi plashimni darrov olib gardirobga qo'yishdi. Juda xursand bo'ldim. O'zimni yana malikalardek his etishda davom etdim
- O'zingizmisiz, malikam,- degandek bir yigit hujjatimga ko'z tashlab, chiroyli muomala bilan bo'sh kompyuterni ko'rsatdi.
Qo'limni kompyuter tugmasiga tekkizmadim ham, boshqa bir yigit tezgina kelib uni sozlab berdi. Qo'limga ruchka va qog'oz berdi. Men esa davlat ahamiyatiga molik muammolarni hal etayotgandek jiddiy qiyofada test ishlashni boshladim.
Axir men malikaman-ku, hamma men uchun xizmat qilyapti, bu muammoni (testni) hal etamanmi, yo'qmi, baribir hech narsa o'zgarmaydi, deb o'yladim ishonch bilan. va hayajonim tezda bosildi, o'zimni kuchli va hamma narsani biladigandek sezdim
Yanada bosiqlik va jiddiylik bilan testni ishlashda davom etdim
Orada yoshgina qiz xuddi saroy xizmatchilaridek qog'oz, ruchka kerakmasmi, muammo yo'qmi deya xabar olib turdi.
Men uchun, oddiy bir o'qituvchi uchun shuncha odam xizmat qilayotganidan g'ururlanib ketdim.
Shu kabi o'ylar bilan bo'lib, testni berilgan vaqtdan oldin tugatibman. To'g'risi, ana endi biroz hayajon bosdi
Sal avval menga xizmat ko'rsatgan yigit kelib qoldi. Unga testni tugatdim, tugmani bosvorig, deya buyruq berdim. U esa aytganimni so'zsiz bajardi.
Testdan o'tibsiz, opa, toifa muborak - dedi kulib
Chiqdim, sumkam va plashimni o'sha yerdagi yigit qo'limga jilmayib tutqazarkan, tabriklayman, deb qo'ydi.
Yana mashinaning eshigini ochib kutib olgan haydovchi bizni uyimizgacha olib kelib qo'ydi.
Xullas, attestatsiya qo'rqinchli emas, ustozjonlar! Birozgina hayajoni bor, xolos. Chunki bu kuni siz kamida hokim maqomida bo'lasiz hamma sizga xizmat qiladi
Bu esa juda maza...

Barchangizga omad, siz tutqun yoki mahkum emas, malika va yoki shahzoda, eng kamida hokimsiz. Chunki siz ana o'shalarning ham ustozisiz, SIZ MUALLIMSIZ, USTOZSIZ.

BARCHANGIZGA OMAD YOR BO'LSIN!!!
BIZ SIZLAR UCHUN DUODAMIZ!!!

Attestatsiyada omad!!!!!!!!!!!


muallima