Get Mystery Box with random crypto!

Yaqinda attestatsiyaga boruvchi do‘stlarimizga: Abuturiyent m | Boshlang'ich ta'lim

Yaqinda attestatsiyaga boruvchi do‘stlarimizga:

Abuturiyent misoli
Bo‘lib qolgan xamkasbim
Telefoni testlarga
To‘lib qolgan xamkasbim

Yuzingizni Xudoyim
Yorug‘ qilsin ertaga
Ulug‘ kunda risqingiz
Ulug‘ qilsin ertaga

Maktabda ko‘z nuringiz
To‘kkaningiz kam ekan
Asablarni tiriklay
Ko‘mganingiz kam ekan

Necha kun-ki orom yo‘q
Xalovatni bilmaysiz
Qo‘ldan kitob tushmaydi
Duo kanda qilmaysiz

Shu dardni o‘ylab topgan
Alloma kim ekan--a ?
O‘zi ham maktabda bir
Ishlab ko‘rganmikan--a ?

Bir xayoli darsida
Bir xayol ro‘zg‘orida
Yo‘l --yo‘lakay test yechib
Yurganmikan gohida ?

Omad bersin iloyim
Chin , samimiy so‘zlarim
Xushxabarlar kutyapmiz
Barchangizdan do‘stlarim

Yana bitta muxim gap
Cho‘ktirmang hech ko‘nglingiz
Har qanday natijada
Eng yaxshisi o‘zingiz!!! Barcha hamkasblarga omad tilaymiz! Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram