Get Mystery Box with random crypto!

Muallima Ona

Telegram kanalining logotibi muallima_ona — Muallima Ona M
Telegram kanalining logotibi muallima_ona — Muallima Ona
Kanal manzili: @muallima_ona
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.95K
Kanalning ta’rifi

Har bir ona - muallimadir.
Bola ilk bilimlarini o’z oilasidan o’rganadi.
Maqsadimiz: Onajonlar va bolajonlarga o’zbek tilida tarbiyaviy va foydali ma’lumotlarni ulashishdir.
Aloqa uchun: @Muallimaona_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-29 18:59:31 “Osmondagi bolalar” loyihasi boshlangandan beri koʻpchilik bir insonni taklif qilishimizni soʻrab yozishardi. Biz ham u inson bilan bir necha marotaba suhbat tashkil qilishga urindik. Ammo doim qandaydir sabab bilan suratga olish jarayoni ortga surilardi.

Qisqa muddatli tanaffusdan soʻng loyihada ko'pchilik kutgan inson — Xushnudbek Xudoyberdiyev mehmon boʻldilar. Bu suhbat orqali siz ham xuddi biz kabi Xushnudbek akani qayta kashf etishingizga ishonaman.

Zakovat, taʼlim, sud tizimi, qonunlar, kadrlar muammosi, «Metsenat» loyihasi, Xushnud akaning hayotlarini oʻzgartirgan ibratli voqea va yana foydali mavzularda olib borilgan ushbu sonni albatta tomosha qiling. Premyera 29-iyul — bugun soat 20:50 da bo'lib o'tadi.





Premyerani o'tkazib yubormaslik uchun yuqoridagi havola orqali o'tib, qo'ng'iroqcha tugmasini bosib qoʻying.
850 views15:59
Ochish/sharhlash
2022-07-28 11:08:28
Masjidlar Alloh Taoloning yer yuzidagi uylaridir. Allohga eng mahbub joy ham masjidlardir. U yerda musulmonlar Allohni eslab, Unga ibodat qiladilar, birgalikda jamoat bo'lib namoz o'qiydilar, faqat yaxshi so'zlardan so'zlaydilar. Masjidlarni obod qilish va pokiza saqlash biz musulmonlarning vazifasi, buni farzandlarimizga bolaligidan o'rgatishimiz lozim. Ayniqsa, otalar farzandini birga masjidga olib kelish, jamoat va masjid odobini o'rgatishga mas'ullar. Zotan, masjidni obod qilish deganda faqatgina uni go'zal qilib qurish yoki ta'mirlash, naqshinkor tilla bezaklar bilan bezash emas balki unga qanchalik musulmonlar jamoasi ko'p kelib birgalikda zikr, ibodat va ilm olishi nazarda tutilgan. Shuningdek, masjidlarni kimlar aslida obod qila olishi Alloh Taolo tomonidan yuqoridagi Qur'on oyatida ta'kidlangan.

https://t.me/muallima_ona
977 viewsedited  08:08
Ochish/sharhlash
2022-07-20 13:41:42
Odam yalang oyoq yurganda (tuproqli yo‘lda) oyoq ostidagi nuqtalarga yerdagi toshlar qadalib, intensiv uqalanadi. Yer va odam organizmi o‘rtasida zaryadlar almashinuvi yuzaga kelib, organizmga ma’lum darajada shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi va himoya funksiyasini oshiradi.

Qishda oyoqni issiq tutib, ko‘p yurish, yozda esa tuproqli yo‘lda yalangoyoq yurishning foydasi katta.
Manba:Avisenna.uz

Bolalarga yoz kunlari qum, tuproq, o'tloq, toshloq yerlarda yalang oyoq yurishga qo'yib berish foydali. Ularning shakllanayotgan oyoq muskullari uchun ham muhim. Ko'pqavatli uylarda, shaharlarda yashovchi bolalar tabiatga chiqqanida albatta yalangoyoq yurishiga qo'yib berish kerak. Ammo afsuski, ba'zi bolalar o'yin maydonchalariga shisha siniqlari, pista po'choqlari, sigareta qoldiqlari kabi zararli chiqindilar tashlagani uchun yosh bolalarni yalangoyoq qo'yib yuborolmaymiz.

https://t.me/muallima_ona
1.5K viewsedited  10:41
Ochish/sharhlash
2022-07-17 15:07:32
Yoz ta'til kunlari bolalar shirin gazli ichimliklar, shirinliklar, muzqaymoqlar xohlashadi, ammo iloji boricha ular bilan shakar va uning ko'p miqdorda iste'mol qilish zararlari haqida suhbatlashib turish lozim. Shuningdek, issiq kunda chanqaganda, asosan ko'chada shakarli va kimyoviy qo'shimchalarga to'la salqin ichimliklar emas, balki tabiiy suv ichishni odat qilish kerakligini tushuntirish kerak.
Ushbu rasmlarning birinchisida nimalarda qancha shakar miqdori borligini ko'rsatsa, ikkinchi rasmda esa 3-6 yoshlilarga haftada mobaynida ozgina miqdordagina iste'mol qilish mumkinligi misol qilib ko'rsatilgan, lekin gazli ichimlik emas balki meva, siropili sharbat nazarda tutilgan.

https://t.me/muallima_ona
1.7K views12:07
Ochish/sharhlash
2022-07-13 18:48:24
Yozgi ta'tilni maroqli o'tkazish uchun oila davrasida qanday qiziqarli o'yinlar o'ynamoqdasizlar?
Biz bilan ham ulashing.
Bilasizmi, bolalar ota onalari bilan birgalikda o'yin o'ynashdan judayam hursand bo'ladilar, shuningdek bu oilada o'zaro tushunish va munosabatlarni ham yahshilaydi.

Masalan, kim birinchi rasmning juftini topish o'yini. Bunda topqirlik va ziyraklik, so'z boyligi oshirish kabi mahoratlar ham rivojlanadi.

https://t.me/muallima_ona
1.5K viewsedited  15:48
Ochish/sharhlash
2022-07-09 23:53:52
Eslatma: Haj ibodati Zulhijja oyining 8kunidan 12kunigacha davom etadi. Iyd kunlari 10-11-12 Zulhijja, ya'ni uch kun hayit bayrami. Ushbu ulug' kunlarda takbiri tashriq aytiladi, bolalarga ham o'rgatib oilada birgalikda zikr va duolar qilishimiz go'zal amallardan.
Qilingan qurbonlik va sadaqa-ehsonlaringiz Alloh huzurida qabul bo'lsin. Hayit ayyom kunlarini chiroyli va yuqori kayfiyatda o'tkazish nasib etsin. Bayram shukuhi davom etmoqda...

https://t.me/muallima_ona
1.7K viewsedited  20:53
Ochish/sharhlash
2022-07-09 03:06:59
Assalomu alaykum kanalimiz kuzatuvchilari.
Sizlarni Qurbon Hayiti bilan kanalimiz ijodkorlari tomonidan tabriklaymiz. Alloh xonadoningizga tinchlik-omonlik, fayzu barokot ato etsin. Farzandlaringiz Islom uchun, Vatan uchun xizmat qiluvchi va insoniyatga yaxshilik ulashadigan solih farzandlar bo’lishsin. Ushbu kunda qilingan duolaringizni Alloh ijobat qilsin.

@muallima_ona
1.4K views00:06
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:40:46 Hurmatli onajonlar, odatda hayitdan bir kun avval bayram dasturxoni uchun pishiriqlar qilamiz, bu kun - Arafa kuni eng ulug' kun bo'lib unda ko'p-ko'p zikr va duolar qilish, takbiri tashriqni ham aytishni unutmaylik.
1.2K views07:40
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:33:30 Takbiri tashriq qanday aytiladi?


Dinimiz Qurbon hayiti kunida biz musulmonlarga ba’zi vojib va sunnat amallarni qilishni buyuradi. Jumladan, arafa kunining bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni asr namozigacha, ya’ni 23 vaqt namoz mobaynida har bir farz namozdan keyin tashriq takbirini aytish vojib amallardan hisoblanadi. Tashriq takbiri ushbudir:

Allohu akbar! Allohu akbar! La ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillahil hamd!

Ushbu takbirni hoh jamoat bilan, hoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozidan keyin aytamiz. Bundan tashqari, yurgan, o‘tirgan paytlarda takbir aytishning zarari yo‘q, balki mustahab amaldir.

Arafa kuni kechasi, ya’ni, hayit kuniga o‘tar kechasini zikru tasbeh va duoyu istig‘for bilan bedor o‘tkazish mustahab.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim Ramazon va Qurbon hayitlarining kechasini bedor o‘tkazsa, qalblar o‘ladigan (ya’ni, Allohning zikridan g‘ofil bo‘ladigan va qotib qoladigan) kunda uning qalbi o‘lmaydi”, deganlar.



https://t.me/muallima_ona
2.9K viewsedited  07:33
Ochish/sharhlash