Get Mystery Box with random crypto!

Birozdan keyin final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar | "Ulugʻbek izdoshlari" olimpiadasi

Birozdan keyin final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ro‘yxati e'lon qilinadi.

5 ta bosqich natijasi oldindan berilgan qoida bo‘yicha umumlashtirib, ishtirokchilar saralanadi.

Munosiblarni saralash maqsadida quyidagi qoidalarga qat'iy amal qilganimizni eslatib o‘tamiz:

1. Dastlab olimpiadalardagi qatnashchilarning 75 (fizikada 60) % dan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar natijasi olindi.
2. Bir martadan ko‘p qatnashgan, boshqa id raqam bilan qatnashgan va shubhali vaqtda (masalan 4-5 daqiqada) natijaga erishgan o‘quvchilar natijalari inobatga olinmadi.
3. O‘zining sinfidan katta sinfda qatnashgan ishtirokchilar natijalari inobatga olinmadi.

Tashkilotchilar bilan maslahatlashgan holda final bosqichi qaysi sanada va qanday tartibda o‘tkazilishini ham tez orada ma'lum qilamiz.