Get Mystery Box with random crypto!

Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinch | TARBIYACHI MTT. MOHIR TARBIYACHI.#MAKTABGACHA

Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora.

U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.

Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda.

Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi.

Biroq, hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona kosmik jismi, hayotning Yerdagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi.