Get Mystery Box with random crypto!

Shoxjahon: Rayim: Tanishtiruv she'ri Gullar har dam sochsalar | TARBIYACHI MTT. MOHIR TARBIYACHI.MAKTABGACHA

Shoxjahon:
Rayim:
Tanishtiruv she'ri

Gullar har dam sochsalar ifor
Yuragimda muhabbat bisyor
Ta’zim aylab men takror-takror
Assalomu alaykum deyman
Men sizlarga sogliq tilayman.
Shukr aylab tinch Vatanimda
Ozod inson bolganim uchun.
Bu kun xarbiy ayoli bolib
Shu sahnada turganim uchun.
Tanishtiray ozimni asta
Men sozlardan tuzib guldasta.
Yuragimda gozal Fargonam
Yol boyida egilgan tollar.
Beshariqni korgim keladi.
Rapqonimda esar shamollar.
Tugilganman osha joylarda
Oy korinar edi soylarda.
................ dadajonimdir
................ bolib ishlaydi.
.............  onajonginam
Yollarimga har kun qaraydi.
Tarbiyachi bolib ishlaydi.
Dadajonim yaxshi niyyat-la
............. deb ismim qoyganlar.
Yaxshi inson bolsin deb onam
Har lahzada duo qilganlar
Tort farzandni katta qilganlar.
Maktab hamda, kollejda oqib
Ustozlardan oldim men talim,
Orzularim yurakdan tolib
Bolmoq istar edim muallim.
Qiz bola ulgaysa sovchi kelarkan
Ota ona-roziligi toy ham bolarkan
Yigitlar  sarasi konglim gavhari
Harbiy yigit boldi oilam sardori.
Elga xizmat qilar u ishlab halol
Oilamiz suyanchi yurtim posponi
Ikki shiringina qizlarimiz bor.
Dadasini korsa shodon har oni.
Shukrkim men bugun baxtli ayolman
Yurtim xizmatinga doim tayyorman.
Yaxshi farzandlarni tarbiya qilish
Hayotda eng oliy maqsadim bu kun
Doim insonlarga yaxshilik qilish
Bu mening shiorim, niyatim butun.

Men bugun ayollar uluglangan yurtda yashar ekanman, men baxtli ayolman  deyman.

Yurtboshim e’zozlar barcha ayollar
Ayting, ayting axir otgan zamonlar.
Ayol bolganmidi raxbar, deputat.
Bolganmi tadbirkor bolganmi senat.
Xozir barchamizga bordir imkoniyat
Yurakda hohish-la qilsak harakat.
Barcha niyatlarga albat yetamiz
Yuksak marralarni ishg`ol etamiz.

Assalom so'zimning kirish qismidan,

Assalom mehr to'la qalbim to'ridan,

Keltirdim sizlarga aziz bir kalom

......... nomidan salom-assalom.

Tanishtirish so'zimni boshlayin men sizlarga,

Shu tadribga yig'ilgan barcha qaro ko'zlarga.

Men............

Kitobsevar bo'laman,

Xudo xohlasa shu yil

... yoshga to'laman

Ruxsat bersangiz do’stlar
O’zimni tanishtiray
Kaminay-u kamtarin 
Vaziraxon bo’laman
25-iyun 2010-yil
Ayni peshin chog’ida
Torayevlar xonadonida
Tavallud topganman
Tug’ulgan yurtim
Buxoro-yu sharifdir
Dadajonim shifokor 
Oyijonim shifokor 
Ilk bolalik chog’larim
O’tgan azim Romitanda
Shox-shodon  jajjiligim
O’tmoqda hur vatanda 
Tafakkurim  tiniq
Tilim ham burro
Men o’zbek bolasi
Beshigim tillo
Dunyodagi har bir insonga
Yaxshiliklar tilab yashayman
Qo’ldan kelsa barcha do’stlarga
Ezgulik qilishga shayman
Tanishtiruv uchun she'rlar.

Tanishtiray o’zimni,
Dono-dono so’zimni.
Men Shahzodjon bo’laman,
Endi 12ga kiraman.
To’ymurodni o’g’liman,
Shohidaning o’ng qo’liman.
Bobojonim dilbandiman,

Buvijonim jon diliman.
Kelajakda ulg’ayibm,
Men General bo’laman.
Orzuga yoqdir ayb,
Hozircha yosh bolaman..

Men tug’ildim hur O’zbekistonda
Go’zal Romitandek Oromitanda
O’zbekiston atalur mening mahallam
Shod quvnoq o’tar har bir mahalim
Kuz faslida tug’uldim 
Kenja o’g’il bo’lib men
Ota- onam tadbirkor
Elu yurtga madadkor
Azamatjon mehribon akam
Men uchun g’amxo’r maslahatdosh
Maktabda o’qiymiz doimo a’lo
Do’stlardan orqada qolmasdan aslo
Tarjimon bo’lib men
Tillarni ulayman tillarda
Ellar do’stlikni tilayman olamga

MUNIRA
Munira deb atashgan
Dugonamning ismini
Nozikligi loladek
Ko'rib qo'ying o'zini

SAIDA
Saidaxon , Saida
Qani dildan jo'shingiz
G'olib bo'lish osonmas
Kuch-g'ayratga to'lingiz

MUNISA
Yuzlaridan tabassum
Hech ham arimas
Bellashuvga bel bog'ladi
Munisaxon yengilmas.

NARGIZA
Sinfimiz a'lochisi
Zulfiyaxonim davomchisi
Nargizaxon qizimiz
Hamma ishda sardorimiz.

DILAFRUZ
Dilafruzga taraf yo'q
Unga baxt-omad kular
"Balli qizlar" bazmida
Albatta g'olib bo'lar

LOBAR
U doimo boradi
Allomalar izidan
Quvonch yashnab turadi
Lobarxonning ko'zidan.

NOZIMA
Unga teng kelolmaymiz
Ozodalik bobida
Ham chevar , ham pazandamiz
Nozimaxon qizimiz