Get Mystery Box with random crypto!

Gullagan vodiy uzra, Charaqlab turar quyosh. Yer yuzin kezib | MTT Musiqa rahbarlari | MTT hodimlari

Gullagan vodiy uzra,
Charaqlab turar quyosh.
Yer yuzin kezib so‘ngra,
Tog‘larga qo‘yadi bosh.

So‘l tomonda bug‘doyning,
Boshoqlari tovlanar.
Rizqu~ro‘zi elimning,
Oltinday jilolanar.

O‘ng tomonda ochilgan,
Oq paxta chanoqlari.
Oq niyatdek sochilgan,
Oq oltinning shoxlari.

Yuqori qismida bor,
Sakkiz qirrali yulduz.
Birdamlik do‘stlarga yor,
Jipslik ramzi shaksiz.

Sakkiz qirra ichida,
Joylashgandir yarimoy.
Yangi O‘zbekistonning,
Ramzi sochadi chiroy.

Gerbning qoq markazida,
Qanot ochgan Xumo qush.
El~yurtga soch baraka,
Tinchlik va baxt olib tush.

Tinchliksevar xalqimning,
Uylari nurga to‘lsin.
Do‘mbirasi baxshimning,
Bayram,to‘ylarda yursin.

Gerbning pastki qismida,
Hilpiraydi~bayrog‘im.
O‘g‘il~qizning jismida,
Kelajakka mayog‘im!

Go‘zal ona Vatanning,
Kelajagi~oriman.
Gullagan hur chamanning,
Kichik bir niholiman.

Davlatimiz ramzlarin,
Ko‘zga etay to‘tiyo.
Botir, mard ajdodlarim,
Taniydi butun dunyo!

Xasanova Nilufar.
21.06.2022~yil.


http://t.me/MTT_musiqa_kanali