Get Mystery Box with random crypto!

Baxtli bolalar qo'shig'i. Bizlar baxtli bolalar, Chamanda gul | MTT Musiqa rahbarlari | MTT hodimlari

Baxtli bolalar qo'shig'i.

Bizlar baxtli bolalar,
Chamanda gul,lolalar.
Qo'llarni berib qo'lga,
Birga o'ynaymiz,birga.

O'sgaymiz olib bilim,
Ochgaymiz dunyo sirin.
Yigitlarmiz pahlavon,
Abjiru,o'ktam o'g'lon.

Chamanning sho'x erkasi,
Ona yurtim ertasi.
Oqila,dono qizmiz,
Qirmizi,qizil yuzmiz.

Do'st bo'lamiz ajralmas,
Mehribon,yovdan qo'rqmas.
Vatan-mehring oqlaymiz,
Sevamiz,ardoqlaymiz.

Xasanova Nilufar.
19.04.2023 yil


https://t.me/joinchat/AAAAAFdLoDGsZNUwbXuTPA