Get Mystery Box with random crypto!

' Yer va bolalar ' she'riy hikoya. Ertakchi: Sizlarga bir hiko | MTT Musiqa rahbarlari | MTT hodimlari

" Yer va bolalar " she'riy hikoya.
Ertakchi:
Sizlarga bir hikoya,
Sózlab beray dóstlarim.
Bunda bolalar va yer,
Quloq tutaylik ne der.
Bolalar ketar yurib,
Bolalik gashtin surib.
Sharbat ichar, pista chaqar,
Chiqindisin otib ketar.
Yer :
Hoy bola, nima qilding,
Chiqindingni menga ilding.
Bola:
Voy dod, Kim bu?
Yordam bering.
Yer :
Men bu - yerman,
Qara kózim, shishib chiqdi
Sharbat qutingni zarbidan.
Bola :
Bitta qutiga shunchami.
Yer :
Har kun shunday,
Senga óxshab, minglab bola
Tupuradi, tepib ótar.
Chiqindilar tashlar yana,
Erinadi sal yurgani.
Ahlat qutiga borgani,
Menga ozor berishadi.
Yana kulib yurishadi.
Bola :
Voy, bu kólmakmi,
Berkitmaganmi jumrakni.
Yer :
Kólmak emas, mening yoshim
Kelayapti sizdan g'ashim.
Shunday ozor bersangizlar,
Ketib qolgim kelar sizdan.
Bolalar:
Shoshma yerjon, kechir bizni
Endi bunday qilmaymiz hech,
Bizga doim, g'amhór ózing.
Unutmaymiz endi sózing,
Kechiraqol barchamizni.
Qadrlisan yerjon ózing.
Yer :
Mayli, sizni kechiraman,
Qadrdoningiz bólaman.