Get Mystery Box with random crypto!

KUZ Saratonning tafti yo'q, Quyosh boqar olisdan. Ajib bir is | 👩‍💼 MTT ILG'OR TARBIYACHILAR ⚡️

KUZ

Saratonning tafti yo'q,
Quyosh boqar olisdan.
Ajib bir is taralar
Hov, qirdagi polizdan.
Daraxt bargi tillarang,
Mevalardan tomar bol.
Dalalarga bir qarang,
Oq gullardan chamanzor.
Sunbulaning suvlari
Shishadan ham tiniqroq.
Uchib borar turnalar,
Ko'kda solib arg'imchoq.
Yig'im-terim avjuda,
Bir dam qolmas to'xtalib.
Hademay qish yo'rg'alar
Oq ko'rpasin ko'tarib.

Tarbiyachilar ustaxonasi

Bizda faqat eng yaxshilari

Bizga qo''shiling.
https://T.me/Tarbiyachilar_Ustaxonasi