Get Mystery Box with random crypto!

Chiniqtirish jurnalini belgilashda kerak boladigan ma'lumot !! | Mtt Hujjat va korgazmalari

Chiniqtirish jurnalini belgilashda kerak boladigan ma'lumot !!!
#So'ragan edingiz SOG‘LOMLASHTIRISH-CHINIQTIRISH MUOLAJALARI
Sog‘lomlashtirish-chiniqtirish muolajalari tabiiy vositalar: havo, quyosh, suvdan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Bola avvalambor me’yoriy harorat — 21—22 daraja iliqda ikki qavat kiyimda guruhda yurishga o‘rgatib boriladi. Bolaning kiyimi bo‘yiga mos bo‘lishi, erkin harakatlanishiga xalaqit bermasligi zarur. Guruh xonasi shamollatilib, darchasi doimo qiya holda ochiq turishi kerak. Bolalar guruhda bo‘lmagan paytda eshik va derazalar ochilib, xona shamollatiladi (hojatxona ham). Ular guruhga qaytishidan yarim soat oldin hammayoq yopiladi. Guruhda guruh xonalarini shamollatish jadvali bo‘lishi, uni hamshira yoki mudira doim nazorat qilib borishi lozim. Yotoqxona harorati 15—16 daraja iliq bo‘lishi kerak. Bolalarni chiniqtirish muolajalari kun davomida amalga oshiriladi. Yilning sovuq davrida ..- guruh bolalari ertalabki nonushta va tolma choydan so‘ng sayr qiladilar.
Yilning issiq davrida esa bolalar kun davomida maydonchada bo‘ladilar. Havo issiq kunlari bitta ishtonchada, boshlariga panama (soyabonli bosh kiyim) kiyib sayr qiladilar. Sayr oxirida oyoqyalang yurishga ruxsat etiladi.
Shifokor va ota-onasi bilan maslahatlashilgan holda sog‘lig‘i hisobga olinib, har bir bola yoz kunlarida sayrdan so‘ng cho‘miltiriladi. Yuvintirish amallari orqali gigiyena va chiniqtirish muolajalari olib boriladi. Bolalarni maxsus chiniqtirish muolajalari sog‘lomlashtirish muassasa rahbariyati va ota-onalarning xohish-istaklari asosida rejalashtiriladi.
Bolalarni jismonan, aqlan, ruhan va ma’nan rivojlantirish hamda sog‘lomlashtirish faoliyatining eng asosiy yo‘nalishlaridan biri ularning parvarishidir. Ota-onalarning bolalarini ozoda kiyintirib, dastro‘-molchalar bilan ta’minlab, ularni sizga topshirishlariga erishishingiz kerak.
Guruhda har bir bolaning o‘z tuvagi, sochig‘i, stol tevaragida joyi, stuli, yotoq anjomi, ko‘cha kiyimlari saqlanadigan javoni bo‘lishi shart. Ularning barchasi toza va gigiyenik talablarga javob berishi va o‘z belgisiga ega bo‘lishi lozim.

Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/mtt_hujjat_korgazma